«Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan taqdim etilgan tahlilga ko`ra, Harakatlar strategiyasi doirasida so`nggi besh yilda halq ta`limi tizimiga oid 17 ta Prezident farmon va qarorlari hamda 44 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan.
Natijada, ta`limning barcha sohalar singari umumta`lim sohasida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilib, respublikadagi mavjud umumta`lim maktablari soni so`nggi besh yilda 462 taga ko`paygan. Xususan, 2016-2017 o`quv yilida jami maktablar soni 9 719 tani tashkil etgan bo`lsa, 2020-2021 o`quv yiliga kelib ularning soni 10 181 tani tashkil etgan.
Shundan, 3 893 tasi shaharlarda, 6 288 tasi qishloqlarda joylashgan.