AsosiyJamiyat

Toshkentda kinematografiya sohasida xorijiy OTM filiali tashkil etildi

'Toshkentda kinematografiya sohasida xorijiy OTM filiali tashkil etildi'ning rasmi

Prezident qarori (PQ–5238-son, 28.08.2021 y.) bilan Toshkent shahrida “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy ta`lim muassasasi filiali tashkil etildi. 

Qarorga ko`ra, Filial “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy ta`lim muassasasining (Rossiya Federasiyasi) (BDKI) yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan alohida tarkibiy bo`linmasi – oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi.

Filialda ta`lim faoliyati 2021/2022 o`quv yilidan boshlanadi.  

Ta`lim jarayoni Kinematografiya agentligi bilan kelishgan holda BDKI tomonidan tasdiqlanadigan o`quv reja va dasturlar asosida rus tilida olib boriladi, shu bilan birga unda o`zbek tili va O`zbekiston tarixi o`qitiladi.

Quyidagilar Filialning asosiy ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklari hisoblanadi:  

  • Dramaturgiya;
  • Prodyuserlik (turlari bo`yicha).

Ta`lim kunduzgi, sirtqi shaklda hamda masofaviy tarzda yo`lga qo`yiladi.

Bitiruvchilarga O`zbekistonda oliy ma`lumot sifatida tan olinadigan Rossiya Federasiyasi davlat namunasidagi BDKI diplomi beriladi.

Filialda davlat granti asosida ta`lim olgan bitiruvchilar 5 yildan kam bo`lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan kinokompaniyalar, teleradiokompaniyalar yoki kino va televidenie sohasidagi tashkilotlarga taqsimlanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar