Ijtimoiy tarmoqlarda "Andijon viloyati Qurg`ontepa tumanida velosipedchi ishtirokida daxshatli avariya sodir bo`ldi" sarlavhali videoxabar tarqaldi.
YHXBBning ma`lum qilishicha, holat quyidagicha bo`lgan.
4 avgust kuni soat 12:00 larda, Andijon viloyati, Qo`rg`ontepa tumani, Sultonobod ShFY, Sohibqiron MFY hududidan o`tgan 4R-136 "Xonobod-Andijon" avtomobil yo`lining 42-kilometrida haydovchi, 1992 yilda tug`ilgan M.X. "Neksiya" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, yo`lni birdan, kutilmaganda kesib o`tgan velosipedchi, 1973 yilda tug`ilgan A.M.ni urib yuborgan.
Natijada, velosipedchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
"Mazkur YTH yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan qoidalarga, tezlik me`yoriga rioya qilishlarini so`raymiz", — deyiladi xabarda.