XVI yozgi Paralimpiya o`yinlarining bugungi bahslari ham para suzish bilan boshlandi.
Ertalabki dasturda 3 nafar para suzuvchimiz final yo`llanmasi uchun kurash olib bordi.
Dastlab Firdavsbek Musabekov 100 metrga brass usulida suzish bahsida o`z guruhida 2-o`rin bilan finalga yo`l oldi.
Shundan so`ng Shohsanam Toshpo`latova ham o`z guruhida to`rtinchi natija bilan final ishtirokchisiga aylandi. Afsuski, Nigora Mirzohidova saralashdan o`ta olmadi.
Shu tariqa, Musabekov Toshkent vaqti bilan soat 15:02 da, Toshpo`latova esa 15:08 da medallar uchun kurash olib boradi.