Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi qandolat fabrikasining hojatxonasidan sotuvchi ayolning jasadi topildi. Bu haqda Qalampir Rossiya mahalliy OAV xabarlariga tayanib yozmoqda.
Qayd etilishicha, joriy yil 28 avgust kuni Kalinin tumanidagi qandolat do`konining hojatxonasidan 39 yoshli ayolning jasadi topilgan. Aniqlanishicha, marhuma O`zbekiston fuqarosi bo`lgan.
Uning tanasida bo`g`ilish izlari va pichoqda etkazilgan ko`plab jarohatlar topilgan. Jasad o`limning aniq sababini aniqlash uchun ekspertizaga yuborilgan.
Jinoyat faktiga ko`ra, qotillik bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan bo`lib, hodisa joyidan ikkita arqon, shuningdek, shaffof kristall va toshga o`xshash buyumlar topilgan.