AsosiySPORT

Mbappe «PSJ» taklif etgan 45 mln evrolik shartnomani rad qildi

«PSJ» hujumchisi Killian Mbappe yozgi transferlar oynasi vaqtida «Real»ga ko`chib o`ta olm...

'Mbappe «PSJ» taklif etgan 45 mln evrolik shartnomani rad qildi'ning rasmi

«PSJ» hujumchisi Killian Mbappe yozgi transferlar oynasi vaqtida «Real»ga ko`chib o`ta olmadi. Parijliklar unga 3 yillik yangi shartnoma taklif qilmoqda. 

Yangi taklifga ko`ra, fransuz futbolchisi Parij klubida 45 mln evro yillik maosh olishi aytilmoqda. Biroq 22 yoshli futbolchi ushbu shartnomani rad etdi. Ta`kidlab o`tish joizki, bu Neymar va Messi oladigan maoshdan ham kattaroq hisoblanadi.

Ma`lumot uchun, parijliklar bungacha Mbappega 2 marotaba shartnomani uzaytirish taklifini berishgan va rad javobini olishgandi.

    Boshqa yangiliklar