AsosiyJamiyat

“Uzmobile” 2016 yilda 30 dan ziyod yangi mahsulotlarni joriy qilishni rejalashtirdi

Poytaxtimizdagi Aloqa tarixi muzeyida “Uzmobile” mobil aloqa milliy operatorini rivojlantirish istiqbollariga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Bugungi kunda Toshkent shahrida kompaniyaning 20 savdo va xizmat ko`rsatish ofisi, mamlakatimiz bo`yicha esa 110 dan ortiq savdo punkti faoliyat ko`rsatayotir. 

Milliy mobil aloqa operatori 2015 yil 15 aprelda GSM tarmog`ini ishga tushirdi, – deydi “Uzmobile” mobil aloqa milliy operatori biznesni rivojlantirish va marketing xizmati boshlig`i M.Slyagin. – O`tgan vaqt davomida mazkur tarmoqqa 500 mingdan ziyod abonent ulandi. Kompaniya xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish maqsadida yangiliklar, innovasiyalar muntazam joriy etilmoqda. Jumladan, ovozni sifatli uzatadigan HD Voice texnologiyasi ishga tushirildi.

O`tgan yili kompaniya GSM  standarti xalqaro mobil aloqa operatorlari tashkiloti – GSM assosiasiyasiga qo`shildi. Dunyodagi 800 dan ortiq uyali aloqa operatori ushbu assosiasiya a`zosidir. «Uzmobile» ushbu tashkilotga a`zo bo`lgach, ovozli xizmatlar va SMS-rouming xizmatini ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`ldi.

Joriy yilda kompaniya ko`plab loyihalar, xususan, mobil aloqa xizmatlarini kengaytirish, kompaniya xizmatlarini “Elektron hukumat” tizimining ayrim elementlari bilan integrasiyalashtirish, talabalar, yosh mutaxassislar, tadbirkorlik sub`ektlarini mamlakatimiz IT muhiti va telekommunikasiya hamjamiyatiga jalb etishga ko`maklashish bo`yicha 30 dan ziyod yangi mahsulotlarni joriy qilish loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirgan.

Boshqa yangiliklar