O`zbekiston delegasiyasining ikkinchi tarkibi Qozonga etib keldi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar bermoqda.
Delegasiya tarkibida tashrif buyurgan sportchilar “Qozon 2021” Birinchi MDH o`yinlarida ishtirok etadi.
Ta`kidlanishicha, birinchi delegasiya 31-avgust kuni Tataristonga etib borgan bo`lib, ayni damda dastlabki bellashuvlarda ishtirok etmoqda.
4 sentabr holatiga ko`ra, Birinchi MDH o`yinlarida O`zbekiston yunon-rum kurashi bo`yicha 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo`lga kiritib, umumjamoa hisobida 5-o`rinni egallab turibdi.
Ayni damda MDH davlatlari o`yinlarida erkin kurash bahslari bo`lib o`tmoqda.
Shuningdek bugun kechqurun “Qozon 2021” musobaqalarining rasmiy ochilish marosimi o`tkazilishi kutilayotgani aytilmoqda.