AsosiySport

MDH o`yinlari: O`zbekiston terma jamoasi bir kunda 27 ta medalni qo`lga kiritib, ikkinchi o`ringa ko`tarildi

'MDH o`yinlari: O`zbekiston terma jamoasi bir kunda 27 ta medalni qo`lga kiritib, ikkinchi o`ringa ko`tarildi'ning rasmi

Rossiyaning Qozon shahri mezbonlik qilayotgan MDH o`yinlarining navbatdagi kuni O`zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli keldi. 5 sentyabr kun dasturida bahslarga kirishgan vakillarimiz 14 ta oltin, 12 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

Medallar boks va belbog`li kurash bo`yicha qo`lga kiritildi. Har ikki sportda ham yosh atletlarimiz mos ravishda 7 tadan oltin medalni delegasiyamiz hisobiga yozib qo`yishdi.

Bugun shohsupaga ko`tarilgan vakillarimiz haqida ma`lumot:

Oltin:

Boks:

-48 kg: Javohir Qo`ysinov

-50 kg: Sayat Ilyasov

-54 kg: Farrux To`laganov

-63 kg: Bunyodjon Amirov

-46 kg: Gulsevar G`anieva

-63 kg: Sitora Bahodirova

-70 kg: Oysha Toirova

Belbog`li kurash:

-57 kg: Kamronbek Ortiqov

-68 kg: Oybek Sultonov

-75 kg: Nusratbek Sultonboev

-82 kg: Muhammadjon Rasulov

-90 kg: Oybekjon Muhammadiev

-52 kg: Farangiz Abdunabieva

-66 kg: Maftunabonu Mahmudova

Kumush:

Boks:

-46 kg: Ilhomjon Ergashev

-57 kg: Qahramonjon Fozilov

+80 kg: Ravshanjon Soliev

-48 kg: Robiyaxon Baxtiyorova

-50 kg: Shahina Ne`matova

-57 kg: Ra`no Muratboeva

-60 kg: Muxlisa Toxirova

-66 kg: Sanobar Bozorboeva

-80 kg: Oltinoy Sotimboeva

Belbog`li kurash:

-48 kg: Mohigul Ibragimova

-58 kg: Biybigauxar Polatbaeva

-76 kg: Zemfira Azatova

Bronza:

+76 kg: Munisaxon Nosirova.

Bunday ulkan natijadan so`ng delegasiyamiz 14 ta oltin, 14 ta kumush va 8 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o`ringa ko`tarilib oldi, deyiladi Milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar