O`zbekistonda pnevmoniyadan kasallanish holati kamaydi.
Kuni kecha kasallanish holati 123 nafarni tashkil qilgani haqida xabar bergan edik.
SSVning ma`lum qilishicha, kecha mazkur kasallik 1 kun ichida 81 nafar kishida aniqlangan.
Jami bemorlar soni esa 24683 nafarga etgan.
Ularning 268 nafari sog`ayib, umumiy sog`ayganlar soni 18019 nafarni tashkil qilgan.
Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 192 nafarga etgan.

Yuqoridagi jadvalda pnevmoniya qayd etilishi va ushbu kasallikdan sog`ayish ko`rsatkichlari viloyatlar kesimida keltirilgan.






