Ijtimoiy tarmoqda "Haydovchi avtomobilini ayol ustiga boshqardi" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan ma`lumot berildi.
️Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 4 sentyabr kuni soat 15:00 larda, Toshkent shahar, Sergeli tumani, Ziynat MFY, Shokirariq ko`chasida "Spark" rusumli avtomobil haydovchisi, 1979 yilda tug`ilgan Sh.R. hamda "Changan" rusumli yuk avtomobili haydovchisi, 1983 yilda tug`ilgan H.M.lar o`rtasida o`zaro tortishuvli vaziyat yuzaga kelgan.
"Changan" rusumli avtomobil haydovchisi H.M. voqea joyidan ketmoqchi bo`lgan vaqtda fuqaro Sh.R. ushbu yuk avtomobilining old qismiga tepgan. Haydovchi H.M. to`xtamasdan harakatda davom etgan va fuqaro Sh.R.ni avtomobil bilan turtib o`tgan.
️Natijada, fuqaro Sh.R. tan jarohati olgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.