Bugun, 7 sentyabr kuni Tatariston Respublikasining Qozon shahrida I MDH o`yinlarining sambo bo`yicha musobaqalari bo`lib o`tdi.
Qizlar o`rtasidagi bahslar quyidagicha yakun topdi:
- Oltin:
- Sabina Davlatova (50 kg)
- Kumush:
- Shohida Xonto`raeva (54 kg)
- Azada Aymuratova (59 kg)
- Sevara Shamsiddinova (80+ kg)
- Bronza:
- Charosxon Ozodova (80 kg)
- Begoyim Xayitova (72 kg)
- Amirova Shohista (65 kg)
O`smir yigitlar o`rtasida esa natijalar quyidagicha:

- Kumush:
- Shaxriyorbek Mamatqulov (64 kg)
- Musoxon Ziyadinov (71 kg)
- Hudoyor Ibroyimov (79 kg)
- Ruslan Rustamov (+98 kg)
- Bronza:
- Murod Erkinov (98 kg)
O`zbekiston milliy terma jamoa a`zolari bugun sambo bo`yicha jami 12 ta medal - 1 ta oltin, 7 ta kumush, 4 ta bronza bilan umumjamoa hisobida 2-o`rinni egalladi. Birinchi o`rin - Rossiya Federasiyasi, uchinchi o`rin esa Ozarbayjon sambochilar jamoasiga nasib etdi.






