1

Toshkentda GAI xodimi va haydovchi tortishib ketdi (video)

Jamiyat 08.09.2021, 11:24
Teglar: Haydovchi, GAI
Toshkentda GAI xodimi va haydovchi tortishib ketdi (video)

Ijtimoiy tarmoqda "Toshkentda GAI xodimi va haydovchi tortishib ketdi" sarlavhasi ostida video tarqaldi.

Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi mazkur holatga quyidagicha izoh berdi.

Ma`lum bo`lishicha, 2 sentyabr kuni soat 15:30 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Beruniy ko`chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi A.Tadjiev tomonidan "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruv vaqtida xavfsizlik kamaridan fodalanmaganligi bois to`xtatilgan.

O`zaro muloqot vaqtida tortishuvli vaziyat yuzaga kelib, qoidabuzarligi bo`yicha barmoq izi orqali tasdiqlashi so`ralganda haydovchi tomonidan nosamimiy munosabat kuzatilgan. YPX xodimi ham muomala madaniyatidan chetga chiqqan holati videoda aks etgan. Haydovchiga nisbatan sodir etgan qoidabuzarligi bo`yicha elektron shakldagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Holatga to`liq oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

Sharhlar

YHXBB haydovchi va piyodalarga muhim ogohlantirish berdi

06.10.2021, 11:32

Xabaringiz bor, ayni kunlarda O`zbekistonning tog`li hududlarida yog`inli ob-havo bo`lishi kutilmoqda. YHXBB mazkur masala yuzasidan haydovchilarga muhim ogohlantirish  berdi. O`zbekiston hududida ob-havoning keskin o`zgarishini inobatga olgan...
"Toshkentda uxlayotgan GAI" ishdan olindi

15.09.2021, 11:52

 Avvalroq "Toshkentda uyqudagi GAI" haqidagi xabar bergan edik.  Unda mazkur vaziyat yuzasidan xizmat tekshiruvi o`tkazilayotganligi ta`kidlangan edi.Holat o`rganilib, mas`uliyatsizligi sabab xato va kamchiliklarga yo`l qo`ygan...
Haydovchilarning mastlik holati qanday aniqlanadi?

09.08.2021, 16:59

Haydovchilarning mastlik holati qanday aniqlanadi?Adliya vazirligining yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma`lumotlar taqdim etuvchi maxsus kanali bu haqida ma`lumot berdi.Unga ko`ra, quyidagi holatlarda...
"Toshkentda GAI haydovchiga tashlandi" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan ma`lumot berildi

03.08.2021, 19:10

Ijtimoiy tarmoqda "Toshkentda GAI haydovchiga tashlandi" sarlavhasi ostida video tarqaldi. YHXBBning ma`lum qilishcha, joriy yilning 31 iyul kuni Toshkent shahar YPX xodimi B.Mirzarahimov Shayxontohur tumani hududida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1