Afg`onistonda muvaqqat Hukumat tuzilgani yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining bayonoti e`lon qilindi
Unga ko`ra, O`zbekiston Afg`onistonda muvaqqat Hukumat tuzilganini olqishlaydi.
"Umid qilamizki, mazkur qaror mamlakatda keng ko`lamli milliy kelishuvga erishilishi hamda mustahkam tinchlik va barqarorlik o`rnatilishi tomon ilk qadam bo`lib qoladi.
Afg`onistonning yangi davlat idoralari bilan konstruktiv muloqot va amaliy o`zaro hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligimizni bildiramiz", - deyiladi rasmiy bayonotda.