Navbatdagi sammitda Shanxay Hamkorlik Tashkilot Eronning tashkilotga a`zoligini E`lon qiladi.
Bu haqda "Kommersant"ga tayanib Lenta.ru xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, yaqin orada ShHTga a`zo davlatlar soni to`qqiztaga ko`payadi.
Qayd etilishicha, 16-17 sentyabr kunlari Dushanbeda bo`lib o`tadigan yig`ilishda davlat rahbarlari Eronni ShHTga qabul qilish tartibi boshlanganini e`lon qilishlari kerak. Biroq Tehronning xalqaro tashkilotga kirishi biroz vaqt talab qilishi mumkin.
Eslatib o`tamiz, 2005 yilda Eron ShHTga kuzatuvchi maqomini olgan, shundan so`ng 2008 yilda to`liq a`zolik uchun ariza bergan.