AsosiyJinoyat

Angrenda MChJ mablag`larini talon-toroj qilgan sobiq rahbarning kirdikorlari fosh bo`ldi

'Angrenda MChJ mablag`larini talon-toroj qilgan sobiq rahbarning kirdikorlari fosh bo`ldi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Angren shahar bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Tekshiruv natijalariga ko`ra, “C.” MChJning 2020 yil sentyabr oyida lavozimdan ozod etilgan sobiq rahbari S.Q. “Mobil-banking” xizmati ilovasi orqali joriy yilning fevral oyiga qadar MChJ hisob-raqamidagi 605,6 mln so`mni o`z ehtiyojlari va boshqa maqsadlarga sarflab, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar