AsosiyJamiyat

Namanganda tormoz tizimidagi nosozlik sabab yuk avtomobillari o`zaro to`qnashdi

'Namanganda tormoz tizimidagi nosozlik sabab yuk avtomobillari o`zaro to`qnashdi'ning rasmi

Joriy yilning 10 sentyabr kuni soat 04:30 larda, Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o`tgan A-373 "Toshkent-O`sh" avtomobil yo`lining 250-kilometrida haydovchi, 1979 yilda tug`ilgan J.A. "Isuzu" rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotgan vaqtda transport vositasining tormozi ishlamay qolgan va o`zidan oldinda bo`lgan haydovchi, 1978 yilda tug`ilgan Q.U. boshqaruvidagi "Isuzu" rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilgan va qarama-qarshi oqimni ajratib turuvchi to`siqqa urilib ag`darilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi.

YTH natijasida, haydovchi J.A. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.  

️Mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.  

"Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e`tiborli bo`lib, qoidalarga rioya qilishlarini so`raymiz",–deyiladi YHXBB axborotida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar