Ijtimoiy tarmoqda "Toshkentda GAI: Bo`ldi ketavering. O`zimizni yigit-ku bu" sarlavhasi ostida video tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ushbu holat bo`yicha ma`lumot berdi.
Xabarda aytilishicha, joriy yilning 10 sentyabr kuni soat 12:00 larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumani, Shahriobod ko`chasida YPX xodimi O.Shokirjonov tomonidan "Matiz" rusumli avtomobil haydovchisi, boshqaruv vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmaganligi hamda yo`l chizig`ining talabiga rioya qilmaganligi bois to`xtatilgan.
️O`zaro muloqot vaqtida jarayonga YPX xodimi Sh.Nuraliev aralashgan va haydovchiga o`rnatilgan tartibda chora ko`rilmasdan ketishiga ruxsat berilgan.
️Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.