Internet tarmog`ida ayol kishi to`qqizinchi qavatdan kreslo tashlab yuborgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat bo`yicha IIBB quyidagilarni ma`lum qildi:
"9-sentyabr kuni soat 13.30 da muqaddam sudlangan 38 yoshli Durdona A. mast holda bo`lib, biror sababsiz Yashnobod tumani Qorasuv ko`chasidagi uyning 9-qavatidan kresloni uloqtirib yuborgan. Holatga aniqlik kiritish uchun voqea joyiga profilaktika inspektori etib keldi. Profilaktik suhbat davomida ayol anchadan buyon eski mebelidan qutulmoqchi bo`lganini, ammo podezd orqali chiqarishga eringanini aytdi va bu ishidan afsusdaligini bildirdi. Holat tufayli hech kim jabrlanmadi.
Durdona A.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bo`yicha bayonnoma rasmiylashtirildi.
Mazkur fakt bo`yicha to`plangan hujjatlar Yashnobod tumani sudiga yo`naltirildi"