Nyu Yorkdagi sayohat jurnali "Travel + Leisure"ning bu yilgi "Dunyoning eng yaxshilari mukofoti" tanlovida minglab odamlar Istanbulni eng yaxshi shahar sifatida tanladi. Bu Turkiyaning Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoyning Twitterdagi sahifasida e`lon qilindi.
Jurnal tomonidan o`tkazilgan so`rovnomada ishtirok etganlarning ovozi bilan Istanbul 91,32 ball bilan Evropadagi 39 shahar orasida birinchilikni egallagan.
Shuningdek, Turkiya haqidagi maqolada o`ning cheksiz jozibasi bilan tarixning uchrashuv nuqtasi ekanligi hamda Topkap saroyi va AyaSofiya kabi tarixiy joylarni o`z ichiga olganligi haqida qayd etilgan.
Istanbul aeroporti, Nishantoshi va Galataport kabi zamonaviy joylari maqtovlar bilan tilga olingan.