AsosiyJamiyat

Samarqandga Vengriyadan naslli jo`jalar olib kelindi

'Samarqandga Vengriyadan naslli jo`jalar olib kelindi'ning rasmi

2021 yilning o`tgan davri mobaynida Samarqand tumanidagi “Navobod Naslli Parranda” fermer xo`jaligi tomonidan Vengriya davlatining “AVIAGEN K.F.T.” kompaniyasidan 216 ming 465 bosh “ROSS-308” krossli naslli jo`jalar keltirildi. O`rnatilgan tartibga ko`ra, har bir bosh 1 kunlik nasldor jo`jani import qilish bilan bog`liq xarajatning 9 ming so`mini qoplash uchun davlat tomonidan 1 milliard 948 million 185 ming so`m miqdorida subsidiya mablag`i ajratildi. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi xabar berdi. 

Ushbu xo`jalik hududdagi ko`p tarmoqli fermer xo`jaligi va yirik eksportyor korxonalardan biri hisoblanadi. Hozirda bu erda 300 ming bosh naslli parranda boqilmoqda. Korxona tomonidan oyiga 2 million donadan ortiq naslli jo`ja etishtirilib, respublikamizning qariyb barcha parrandachilik korxonalariga etkazib berilmoqda. Andijon, Xorazm, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida ham korxona filiallari faoliyat yuritmoqda.

Dastlab naslli jo`jalar germaniyalik hamkorlar tomonidan etkazib berilgan bo`lsa, hozirda korxona qoshidagi inkubasiya sexida jo`jalarni ochirish yo`lga qo`yilgan. Xorijning zamonaviy uskunalari yordamida har 100 tuxumdan 90-95 ta jo`ja ochirishga erishilmoqda.

Boshqa yangiliklar