Ijtimoiy tarmoqda "Toshkentda uyqudagi GAI" sarlavhasi ostida video tarqaldi. Holatga YHXBB ma`lumot berdi.
11 sentyabr kuni Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori A.Jo`raqulov xizmat vazifasini suiste`mol qilib, Yangi Hayot tumani, TXAY-Bunyodkor ko`chalari aylanma harakati yaqinida, "Lasetti" rusumli xizmat avtomobilining salonida uxlab yotgan vaqtida fuqaro tomonidan tasvirga olingan. YPX inspektori avtomobildan tushib nomaqbul harakatlar qilib, tamaki maxsulotini iste`mol qilganligi videoda aks etgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.