1

Yakunlar, faktlar, raqamlar,  rejalar – O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati V Kongressi nihoyasiga etdi

Madaniyat 14.09.2021, 19:09
Teglar: O`zEOAVMA
Yakunlar, faktlar, raqamlar,  rejalar – O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati V Kongressi nihoyasiga etdi

O`zbekiston uch ming yillik ulug`vor va muhtasham tarixga ega. Yurtimizda jahonshumul sivilizasiyalar, yirik imperiyalar, havas qilsa arzigulik shaharlar va bebaho me`moriy obidalar vujudga kelgan hamda yaratilgan. Ayniqsa buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan tengsiz madaniy meros insoniyat tarixida o`chmas iz qoldirgan. Ana shunday ulug`vor va boy madaniy merosni asrab-avaylash, o`rganish va uni ommalashtirish bo`yicha keyingi 5 yil ichida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan juda katta ko`lamdagi ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining BMT Bosh assambleiyasi 75-sessiyasida ilgari surgan bir qator tashabbuslari ichida xalqimiz madaniyati va tarixini ommalashtirishga qaratilgan madaniy forum o`tkazish taklifi xalqaro hamjamiyat, hususan YuNESKO tomonidan qizg`in qo`llab-quvvatlandi.

Prezidentimizning mazkur tashabbusi asosida joriy yilning 15 sentyab kuni Xiva shahrida “Markaziy Osiyo sivilizasiyalar chorrahasida” madaniy forumi bo`lib o`tadi. Ushbu yirik xalqaro anjumanga mamlakatimiz hukumati puxta tayyorgarlik ko`rdi. Ushbu madaniy forum doirasida O`zbekiston Respublikasi Hukumatining tashkiliy va moliyaviy ko`magida O`zbekiston Madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyatining V Kongresi Toshkent shahrida bo`lib o`tdi. 

Kongress ishida 40 ta mamlakatdan 250 nafardan ziyod sharqshunos, tarixchi, arxeolog, san`atshunos olimlar, ixtisoslashtirilgan ilmiy muassasalar mutaxassislari va mahalliy hamda xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Ular ichida 9 nafar akademik, 63 nafar fan doktori, 66 nafar professor, 28 nafar dosent, 28 nafar fan nomzodi hamda, 40 nafar muzeylar, kutubxonalar, ilmiy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Anjumanda 100 ga yaqin ma`ruzalar tinglandi. O`zbekiston Madaniy merosini tadqiqot qilishga qaratilgan bunday keng ko`lamdagi ma`ruzalar mamlakatimiz ilmiy va ijtimoiy hayotida yorqin voqea bo`ldi.

Kongress doirasida "O`zbekistonning 300 buyuk durdona qo`lyozmalari" nomli fotoko`rgazma, Rishton kulolchilik buyumlari ko`rgazmasi, Shahrisabz va Samarqand yodgorliklariga virtual sayohat "Zamonaviy ilm-fanda 3D-texnologiyasi" videoart ko`rgazmasi, J. Usmonovning "Alisher  Navoiy she`riyati" suratlar  ko`rgazmasi, arxeolog, O`rta Osiyo madaniyati tadqiqotchisi Leon Semyonovich Barshevskiyning oxiriga, "O`zbekiston tarixi fotosuratlarda", "Markaziy Osiyo kartografiyasi: fan va geosiyosat o`rtasida" fotoko`rgazmalari, O`zbekiston Respublikasi Milliy bankining numizmatik to`plami ko`rgazmasi va boshqa ko`plab tadbirlar bo`lib o`tadi.

Shuningdek,  buyuk hukumdor va alloma Mirzo Ulug`bekning “Harakatsiz yulduzlar kitobi”ning faksimele nashrini taqdimoti Kongressda sensasion voqea bo`ldi. Avstriyanig “Mueller&Shindler” nashriyot uyi va O`zbekiston Madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjaxon jamiyati tomonidan tayyorlangan bu noyob kitob mamlakat olimlari va jamoatchiligining hayratiga sabab bo`ldi. Bu qo`lyozma Fransiya Milliy kutubxonasida saqlanadi. Bu ulug`vor qadimiy qo`lyozmalarimizning ettinchi faksimele nashri hisoblanadi. 

Kongressda asosiy voqealardan yana biri “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” kitob albomining 50 tomi taqdimotidir. Bundan tashqari Yangi 6 ta albom nashr etildi. Ulari orasida 4 ta O`zbekiston san`at durdonalari albomi, 1 ta Rishton kulolchiligiga bag`ishlangan illyustrasiyali albom va 1 ta Kamoliddin Behzod miniatyuralarini o`z ichiga qamrab olgan albom bor. 

Kongressning eng muhim va yorqin voqeasi – O`zbekiston madaniyat merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati a`zolari “O`zbekiston madaniy merosi - Yangi Renessans poydvori” V kongressida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nomiga murojaat qabul qilishi bo`ldi.

Murojaatda, biz, dunyoning turli mamlakatlari – Evropa, Osiyo va Amerikadan kelgan mutaxassislar, Sizning madaniy merosni asrash borasidagi noyob tashabbuslaringizni har tomonlama qo`llab-quvvatlashga tayyormiz. O`zbekistonning madaniy merosini o`rganish sohasida ish olib borar ekanmiz, har birimiz O`zbekiston hududida bronza davridan boshlab, qadim zamonlardan buyon rivojlanib kelgan eng boy madaniyatning qadr-qimmatiga ishonamiz. Bu mamlakatning eng boy ma`naviy va moddiy merosi jahon sivilizasiyasi uchun abadiy qadriyatdir.O`zbekistonda Uchinchi Renessans uchun sharoit yaratish uchun qaratilgan milliy g`oya, avvalo puxta o`ylangan madaniy siyosatga asoslangani chuqur hurmatga loyiq. Aynan madaniyat mamlakatning tiklanishiga, jamiyat ma`naviyatining yuksalishigi, odamlarning, ayniqsa yosh avlodning vatanparvarlik ruxida tarbiyalashga asos bo`ladi. O`zbekistonda milliy madaniyat sohasida tizimli islohotlar tufayli qadimiy yodgorliklarni keng miqyosda tiklash va o`rganish ishlari olib borilmoqda, ilmiy va ma`rifiy ishlar yangi kuch olmoqda, xalq ijodiyoti hamda nomoddiy merosni asrab-avaylash davlat darajasida qullab-quvvatlanmoqda, deb alohida ta`kidlanadi. 

Butunjahon jamiyatning IV Kongresida keyingi 5 yillikka mo`ljallangan “Yo`l xaritasi” qabul qilingan edi. Ushbu hujjatda 100 dan ziyod loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Xususan,         Butunjahon jamiyati a`zolari istiqboldagi bir yil ichida Xanenko nomidagi Ukraina muzeyi, Rossiyaning davlat Ermitaji, Vengriyaning muzey va kutubxonalari, Xitoyning ilmiy tashkilotlar to`plamlari, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa bir qator mamlakatlarning ilmiy va shaxsiy kollnksiyalarida saqlanayotgan madaniy yodgorliklarimizni “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” kitob albomlarinig navbatdagi tomlarida nashr qilish rejalashtirildi. Bundan tashqari Buxoro va Termiz shaharlari muzeylarida saqlanayotgan Madaniy merosimiz ham alohida kitob albom shaklida chop etiladi. “Eng qadimgi davrlardan XX asrgacha markaziy Osiyo Kartografiyasi” nomli  va boshqa bir qator loyihalar ham muhokama qilinib, amaliy ishga kirishildi. 

Kongress yakunida Butunjahon jaimiyati a`zolari va loyihalarda faol ishtirok etgan xorijiy va milliy olimlari “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” kitob-albomlarining 50 tomi bilan taqdirlandi.

O`zbekiston Hukumati qo`llab quvvatlashi bilan o`tkazilgan V kongress O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati va O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan tashkillashtirildi va YuNESKO, Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi ko`magida o`tkazildi.

Shuni alohida ta`kidlash lozimki, “O`zbekiston madaniy merosini jahon to`plamlarida” loyihasi va kongresslarni tashkil etishda loyiha ishga tushgan birinchi kunlardanoq «Eriell Group» neft servis homiy va hamkor sifatida faol qatnashib kelmoqda. Mazkur tashkilot yordami bilan ko`plab olimlar va jurnalistlardan iborat ilmiy-ijodiy guruhlar 100 dan ziyod ishchi safarlarida bo`lishdi, bir qator yirik xalqaro medi iventlar va boshqa o`nlab tadbirlar tashkil etildi.

Sharhlar

Oila mazusiga jiddiy yondoshuv zarur

27.11.2021, 22:38

2021 yil 25 noyabr kuni O`zEOAVMA Bosh direksiyasi va Ekspertlar kengashining qo`shma yig`ilishi bo`lib o`tdi.Yig`ilishda O`zEOAVMAga a`zo tele va radio kanallar rahbarlari, bosh muharrirlari, ijodiy...
"Xalqaro media-xoll tashkil etilishi muhim tadbirlarni yoritilishi uchun katta zamin yaratdi" – Akmal Saidov

15.10.2021, 10:37

Kecha xabar berganimizdek, “Xalqaro media-xoll” tantanali tarzda ochildi.Tadbir davomida so`zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri birinchi o`rinbosari Akmal Saidov Xalqaro media-xoll doimiy faoliyat ko`rsatadigan...
O`zbekistonda Etnosport assosiasiyasi tuzildi

08.10.2021, 17:22

Bugun, 8-oktabr kuni Toshkent shahrida “O‘zbekistonda etnosportning rivojlanish istiqbollari”mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirni Bosh vaziri o‘rinbosari –...
“O`zbekiston madaniy merosi – yangi renessans asosi” V xalqaro kongressi ishtirokchilari Shavkat Mirziyoevga murojaat yo`lladi

13.09.2021, 18:13

"Biz, “O`zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” V Xalqaro kongressi ishtirokchilari, O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati a`zolari – madaniyat arboblari,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1