Avvalroq "Toshkentda uyqudagi GAI" haqidagi xabar bergan edik. Unda mazkur vaziyat yuzasidan xizmat tekshiruvi o`tkazilayotganligi ta`kidlangan edi.
Holat o`rganilib, mas`uliyatsizligi sabab xato va kamchiliklarga yo`l qo`ygan xodim ichki ishlar oganlaridan bo`shatildi. YHXBB bu haqda ma`lum qildi.
Unga ko`ra, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi A.Jo`raqulov xizmat faoliyati davomida intizomiy jazolanganligi, yakka tartibda profilaktik suhbatlar o`tkazilganligiga qaramasdan o`ziga tegishli xulosa chiqarmay, xizmat davomida turli nomaqbul harakatlari, mas`uliyatsizligi sabab Ichki ishlar vazirining ayrim me`yoriy buyrug`i talablarini buzganligi uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan "Ichki ishlar organlarida xizmatni o`tash tartibi to`g`risidagi nizom"ning 144-bandi, "k" kichik bandiga (ichki ishlar organi xodimining sha`niga putur etkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi) muvofiq ichki ishlar organlaridan bo`shatilishi, shuningdek, ushbu xodimning bevosita komandirlari intizomiy jazolanishi bo`yicha xulosa qilingan.