Belarus Respublikasining Minsk shahrida 10 12 sentyabr sanasida ilk bor “O`zbek kinosi kunlari” o`tkazildi.
Bu haqda Kinemotografiya agentligi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 10 sentyabr kuni "Ezgu film" kinostudiyasi tomonidan suratga olingan kinorejissyor Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” tarixiy badiiy filmi, 11 sentyabr kuni “Islomxo`ja” tarixiy badiiy filmi namoyish etilgan.
12 sentyabrda esa O`zbekiston xalq artisti, rejissyor Shuhrat Abbasovning “Sen etim emassan” badiiy filmi tomoshabinlar e`tiboriga havola etilgan.
"Qo`shni davlat kino muxlislari tomonidan o`zbek filmlari iliq kutib olindi", deyiladi agentlik xabarida.






