Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva O'zbekiston Milliy investitsiya jamg'armasi “Franklin Templeton” bilan hamkorlikda bir vaqtning o'zida London va Toshkent fond birjalarida IPO jarayonini boshlaganini ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, IPO jarayonlarida BlackRock, Franklin Resources va Redwheel kabi yirik xalqaro investorlarning ishtirok etayotgani O'zbekistonning tanlangan taraqqiyot yo'li, iqtisodiy salohiyati va kelajagiga bo'lgan ishonchning yorqin ifodasidir.
“Mamlakatimiz IPO jarayonlarida ko'plab yirik xalqaro investorlarning ishtirok etishi dunyo hamjamiyati tanlagan yo'limiz, salohiyatimiz va kelajagimizga ishonayotganining yorqin isbotidir”, — deyiladi xabarda.






