Joriy yilning 28 sentyabr — 3 oktyabr kunlari Toshkentda xalqaro kinofestival bo`lib o`tadi. Unda Italiya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Koreya kabi davlatlardan mashhur kinoijodkorlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Xususan, Turkiyaning “tvnet” kanali boshlovchisi Dogukan Erdem Kutlu ham tashrif buyuradi. U tadbir oldidan “Zamon.uz” uchun maxsus videoxabar yo`lladi:
"Hammaga salom. Sabrsizlik bilan kutganingiz Toshkent xalqaro kinofestivali 28 sentyabr-3 oktyabr kunlari bo`lib o`tishini sizlarga xabar bermoqchiman. Noto`g`ri eshitmadingiz, shu kunlari Toshkent shahrida “Ipak yo`li durdonasi" XIII Toshkent xalqaro kinofestivali bo`lib o`tadi. Bu festival Toshkent va Buxoro shaharlarida sizlarni kutadi. Ushbu muhtasham tadbirda Turkiyadan sizlar uchun ko`z ko`rib, quloq eshitmagan, ya`ni ishonilmas xushxabar bormoqda. Men Dogukan Erdem Kutlu bu tadbirda sizlar bilan birgaman."






