AsosiyJamiyat

OKMKda sof reniy metalli olindi

'OKMKda sof reniy metalli olindi'ning rasmi

Kombinatning Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo`yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida reniy metalli sof holda olindi. Bu haqda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati axborot xizmati xabar bermoqda.

Kombinatda kelgusida ushbu mahsulot sanoat masshtabida ishlab chiqarilishi ko`zda tutilmoqda.

Ushbu metall neftni qayta ishlash sanoatida, shuningdek, aviasozlik, elektrotexnika sohalarida detallar uchun asosiy element sifatida foydalaniladi.

Zargarlikda esa reniydan qimmatbaho buyumlarni bezash uchun qoplama sifatida foydalaniladi.

Jahon bozorida 1 gr reniyning o`rtacha narxi 9 dollar atrofida turadi.

    Boshqa yangiliklar