AsosiyDunyo

Dushanbeda bo`lib o`tgan KXShT sammitida 14 ta hujjat imzolandi

'Dushanbeda bo`lib o`tgan KXShT sammitida 14 ta hujjat imzolandi'ning rasmi

Tojikiston poytaxti Dushanbeda 16 sentyabr kuni bo`lib o`tgan KXShT sammitida jami 14 ta hujjat imzolandi va ularning aksariyati Afg`onistonga oid.

KXShT a`zolari deklarasiyasi – ushbu sammitda imzolangan asosiy hujjat bo`lib, unda KXShT xavfsizlik hududida xatarli vaziyatning saqlanib qolayotgani va tashkilot a`zolari o`z javobgarlik hududlarida xalqaro va hududiy xavfsizlikni mustahkamlashga tayyorligi qayd etilgan.

Ikkinchi muhim hujjat – kollektiv xavfsizlik kuchlarining KXShTga a`zo davlatlar hududlarida vaqtincha bo`lish yuridik maqomi va ularga huquqiy yordam ko`rsatish to`g`risidagi kelishuvni imzolandi.

Bulardan tashqari yana quyidagi hujjatlar imzolandi:

▫️ KXShT qo`shinlarini birgalikda moddiy-texnik va tibbiy ta`minlash to`g`risidagi shartnoma;

▫️ KXShT tinchlikparvar kuchlari protokoliga (06.10.2007 y.) o`zgartish kiritish to`g`risidagi shartnoma;

▫️ Kollektiv xavfsizlik shartnomasining o`ttiz yilligi va KXShT tashkil qilinganining yigirma yilligini nishonlash to`g`risidagi shartnoma;

▫️ «Operativ harakat qiluvchi Kollektiv kuchlarni zamonaviy qurol-aslaha va maxsus texni bilan ta`minlash to`g`risida»gi shartnoma;

▫️ «KXShT ko`p servisli aloqa tormog`ining sxemasi to`g`risida»gi shartnoma;

▫️ KXShTning tinchlikparavarlik faoliyati bo`yicha maxsus vakili to`g`risidagi qarori;

▫️ KXShTning harbiy-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha Davlatlararo komissiyasi raisi to`g`risidagi qarori;

▫️ KXShT birlashgan shtabi boshlig`i to`g`risidagi qarori; (Anatoliy Sidorov vakolati yana 3 yilga uzaytirildi);

▫️ KXShTning operativ harakat qiluvchi kuchlari va maxsus bo`linmalari tarkiblari to`g`risidagi qarori;

▫️ KXShTning 2020 yilgi byudjetining bajarilishi to`g`risidagi qarori;

▫️ KXShTning 2022 yilgi byudjeti to`g`risidagi qarori;

Va shuningdek, KXShTning navbatdagi Kengashini o`tkazish vaqti va joyi hamda tashkilot raisi haqidagi qaror qabul qilindi.

Dushanbeda bo`lib o`tgan KXShT sammitida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarusiya prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog`siton prezidenti Qosim-Jomart Toqaev, Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov, Rossiya prezidenti Vladimir Putin (onlayn) hamda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon hamda KXShT bosh kotibi Stanislav Zas ishtirok etishdi.

    Boshqa yangiliklar