1

Said Ahmad va Saida Zunnunova haqidagi hujjatli film premera qilindi

Madaniyat 17.09.2021, 11:21
Teglar: Said Ahmad
Said Ahmad va Saida Zunnunova haqidagi hujjatli film premera qilindi

Kuni kecha adiblar xiyobonida O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad va shoira Saida Zunnunova haqidagi "Sen tomon talpinar yurak" hujjatli filmi premera qilindi.

Kinokartina Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Sinema serviz” studiyasi hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda suratga olingan, deya xabar bermoqda agentlik.  

Ssenariy mualliflari Gulmira Musajonova, Nodira Saidahmad qizi, rejissyor Hamidulla Boboqulov, operator Jamshid G`aniev, rassom Anastasiya Reyim, grimyor Yulduzxon Qodirova, ovoz operatori Zabixilla Shoxoldorov, film direktori Kamila Matenova, prodyuser Shuhrat Umarov.

Kuni kecha Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Oripov, G`afur G`ulom, Ogahiy kabi filmlar premera qilingandi. 29 sentyabrga qadar Cho`lpon, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, Zulfiya va boshqa adiblar haqidagi filmlar namoyishlari bo`lib o`tadi.

"Barcha premeralar “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o`tkazilmoqda", –deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1