Nukusda bo`lib o`tayotgan Forum doirasida o`ta muhim hujjat qabul qilinishi kutilmoqda

Jamiyat 17.09.2021, 11:52
Teglar: Nukus
Nukusda bo`lib o`tayotgan Forum doirasida o`ta muhim hujjat qabul qilinishi kutilmoqda

Yaqin kunlarda Markaziy Osiyo arxeologiyasiga doir o`ta muhim hujjat qabul qilinishi kutilmoqda.

 Bu haqda 17 sentyabrda Nukusda "Markaziy Osiyo jahon sivilizasiyalari chorrahasida" Xalqaro madaniy forumiga tayyorgarlik doirasida "Arxeologiya va turizm: salohiyatni aniqlash va merosni boshqarish" xalqaro arxeologik anjumanida Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ma`lum qildi.

"Arxeologiya va turizm: salohiyatni aniqlash va merosni boshqarish" xalqaro arxeologiya anjumani butun Markaziy Osiyo uchun juda ahamiyatli voqea. Mazkur uchrashuv doirasida o`ta muhim hujjat – "Markaziy Osiyo arxeologiya merosini boshqarish tamoyillari Deklarasiyasi"ni muhokama qilish va qabul qilish rejalashtirilgan. Bu esa mintaqa tarixida mazkur yo`nalishdagi ilk tashabbus bo`lib, u barcha arxeologiya merosini o`rganish, asrash va uni eng yuqori xalqaro darajada ommalashtirish yo`lida Markaziy Osiyo davlatlarini  birlashtirishga xizmat qiladi”,— deydi Abduhakimov.

Mazkur anjuman O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport ishlari vazirligi, YuNESKO bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi va Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti (MOXTI) tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi ko`magida tashkillashtirilgan.

 

Sharhlar

IIV sobiq xodimi, Nukus voqealari bo`yicha qamalgan Po`lat Shamshetovning kutilmagan vafoti bo`yicha Bosh prokuratura bayonot berdi

06.02.2023, 10:42

Sal avval Qoraqalpog`iston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo`limining sobiq boshlig`i Po`lat Shamshetov Nukus voqealari bo`yicha hukm chiqarilgandan ko`p o`tmay vafot etgani haqida xabar qilingan edi....
⚡️Nukusda ikki bola tezpishar lapshadan emas, kemiruvchilarga qarshi doridan zaharlangan. Ulardan biri vafot etdi — Sanepidemxizmat

30.01.2023, 12:29

Sal avval  Nukus shahrida ikki nafar bola do`konlarda sotiladigan tezpishar lapshadan zaharlangani xabar qilingan edi. Holat bo`yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati o`rganish natijalarini e`lon...
⚡️ Nukusdagi portlash vayronalari ostidan yana 4 kishining jasadi topildi

30.01.2023, 11:31

Xabar berganimizdek, kecha 29 yanvar kuni soat 16:15 larda Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahri “Temir jol” MFYdagi 4 qavatli uyning to`rtinchi qavatida joylashgan xonadonlarning birida havo-gaz...
Nukus voqeаlari bo`yicha sudda ayblanuvchilardan yana biri xalq tinchligi buzilishiga Tajimuratov va Kallixanovani aybladi

01.12.2022, 09:00

Avval xabar qilganimizdek, Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo`yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1