1

Muslimbek Yo`ldoshev marhum hamkasblari Rahmatilla Mirzaev va Abdumo`min O`tbosarov xotirasiga yozgan she`rini e`lon qildi

Jamiyat 09.04.2016, 11:25
Teglar: Ijtimoiy tarmoqlar, Internet, Facebook
Muslimbek Yo`ldoshev marhum hamkasblari Rahmatilla Mirzaev va Abdumo`min O`tbosarov xotirasiga yozgan she`rini e`lon qildi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, taniqli suxandon Muslimbek Yo`ldoshev  Facebook ijtimoiy tarmog`idagi sahifasiga marhum hamkasblari xotirasiga bag`ishlab yozilgan she`rini e`lon qildi.

Suxandon marhum hamkasbi va yaqin do`sti Abdo`mumin O`tbosarovning vafot etganiga bugun 100 kun to`lganini ma`lum qilib, quyidagi bag`ishlovida uni va O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida faoliyat yuritgan O`zbekiston xalq artistlari Mirzohid Rahimov, Abdumo`min O`tbosarov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist O`ktam Jobirov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi Davron Zunnunov, suxandon Halima Yusupovani  xotirladi.

“Bugun, Abdumo`min vafot etganiga yuz kun bo`ldi! Yuz kun... Yolg`izlikning yuz kuni... 

Olloh o`z rahmati ila cho`lg`agan bo`lsin, Firdavs bog`larida qo`nim topgan bo`lgin, ilohim!”,—deb yozadi Muslimbek Yo`ldoshev.

Yana qaytar gulgun bahorlar,
Qaytmas mening qadrdonlarim. 
Bu gullar dilimga ozorlar,
Qayda otam, onajonlarim.
Novdalarda yashnagan bodroq,
Chakkamda oq, dil fig`onlarim.
Uchib tushgan har bir gulyaproq,
Yaqinlarim, jigarjonlarim.
Boshim uzra vizillar varrak,
Chayqaladi birga qonlarim.
Bu - ketganlar ruhidan darak,
Bevaqt ketgan do`st yoronlarim.
Yugurgilar buzib olamni,
Ko`zim nuri bolajonlarim.
Eshitmaydi ko`ngil nolamni,
Qo`msaganim gulxandonlarim.
Armon bu bir to`lmas tubsizlik,
Etmas unga dil vayronlarim.
Kengaymoqda har kun yolg`izlik,
Ko`paymoqda g`uj armonlarim.
Qanday lobar, qanchalar latif,
Chehrangiz xush, o`t zabonlarim. 
Qay makonni shodon gullatib,
Yuribsizlar suxandonlarim?
Abdumo`min va Rahmatullo,
Usta O`ktam va Davronlarim.
Halima, Mirzohid, yo, olloh,
Qayda birga bo`lgan onlarim?
Qaytaverar bu bahor gulgun,
Qaytaverar, kelmay qolmaydi. 
Ammo qaytmas, ketganlar butkul,
O`ksik dilim endi to`lmaydi.
Sizlar bilan edi shodligim,
Sizga edi obro`, shonlarim. 
Sizsiz tatirmikin borligim,
Ko`p sog`indim, asl jonlarim.
Yana qaytar gulgun bahorlar...
Qaytmaysiz a, qadrdonlarim?

Sharhlar

Facebook Rossiyada jarimaga tortildi

26.12.2021, 01:35

Moskva xalqaro sudi Meta platformasi (sobiq Facebook)ga katta miqdordagi jarimani qo`lladi. Bu haqda TASS xabar berdi. Ma`lum qilinishicha, Meta platformasi Rossiya Federasiyasida taqiqlangan ma`lumotlarni o`chirmagani uchun...
"Facebook" Shavkat Mirziyoevga minnatdorlik bildirdi

01.12.2021, 23:40

O`zbekistonning AQShdagi elchisi J.Vaxabov «Facebook» kompaniyasi bo`limi direktori Endi O'Konnell bilan uchrashib, hamkorlik aloqalarini o`rnatish istiqbollarini muhokama qildi.Internetda, xususan, «Facebook», «Instagram» va «WhatsApp» platformalari orqali...
Facebook tarmog`i ishlamay qoldi. Bu Sukerbergga qimmatga tushdi

05.10.2021, 10:21

Facebook kompaniyasi  xuddi shu nomdagi ijtimoiy tarmoq, shuningdek Instagram i va WhatsApp yuklanmalarining barcha servislarida uzilish ro`y berganini tasdiqladi. Bu haqda BBC xabar bermoqda. Downdetector.com ma`lumotlariga...
O`zbekistonda ba`zi ijtimoiy tarmoqlar vaqtincha cheklandi. Ular orasida Twitter, TikTok va “VKontakte” ham bo`lishi mumkin

02.07.2021, 17:11

“O`zkomnazorat” Axborot xizmati xabariga ko`ra, ayrim ijtimoiy tarmoqlar faoliyati O`zbekiston hududida cheklandi.Xabarda aytilishicha, “Shaxsga doir ma`lumotlar to`g`risida”gi Qonunning 27-1-moddasi talablariga zid ravishda O`zbekiston fuqarolarining shaxsga doir...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1