AsosiyJamiyat

Poytaxning Furqat bog`i yaqinida sodir bo`lgan YTHda Spark ag`darilib ketdi

Toshkent shahri Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog`i chorrahasida mudhish YTH sodir bo`ldi.

Bu haqda Facebook`ning “Voditeli Tashkenta” guruhi ishtirokchilari xabar berdi. Guruh a`zolarining aytishicha, mazkur chorrahada svetofor eskirgani uchun uning qaysi chirog`i yonganini ko`rish mushkul. Shu sababli ham mazkur hududda tez-tez yo`l-transport hodisalari yuz beradi. 

Spark va Nexia ishtirokidagi YTH ham aynan shu sababdan yuzaga kelganligi taxmin qilinmoqda. Suratda Spark avtomobilining ag`darilib ketganini ko`rish mumkin. Guvohlarning aytishicha, ikkinchi avtomobil ya`ni Nexia`ga unchalik zarar etmagan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma`lumotlar keltirilmagan.

 

Boshqa yangiliklar