AsosiyJamiyat

Qozog`istonga ketib yo`qolib qolgan namanganlik fuqaroning onasi nimadan norozi?

'Qozog`istonga ketib yo`qolib qolgan namanganlik fuqaroning onasi nimadan norozi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumanida yashovchi ayol o`g`li Qozog`istonga ketib, yo`qolib qolgani yuzasidan murojaat yo`llagan. IIBga murojaat qilingan, ammo ular yordam bermaganini aytgan." izohi bilan tarqalgan videoxabar tarqadi. Namangan viloyati IIB holat bo`yicha rasmiy munosabat berdi. 

Unda aytilishicha, ushbu murojaat tuman IIB xodimlariga kelib tushganidan so`ng tezkor xodimlar tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilgan.

Surishtiruvlar davomida Shermatov Xabibullo Ortig`alievich yashash uyidagi oila a`zolari bilan aloqaga chiqmasada, To`raqo`rg`on tumani Birlashgan MFYda yashovchi bojasi Mamadaliev Murodjon Sobirjonovich bilan internetda “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog`i orqali aloqaga chiqib turgani, X.Shermatov bojasiga Qozog`istondagi ishlarini bitirib olgach, 2-3 oyda yashash uyiga qaytishini ma`lum qilgani aniqlandi. Shuningdek, X.Shermatov Qozog`iston Respublikasiga o`z xoxishi bilan ishlash maqsadida ketganligi, uni hech kim majburlamaganligi, odam savdosi qurboni bo`lmaganligi, ushbu holatda jinoyat huquqbuzarlik alomatlari aniqlanmaganligi sababli murojaat xulosa bilan yakunlangan.

Ariza muallifi O.Shermatovga murojaat ko`rib chiqilganligi to`g`risida suhbat varaqasi to`ldirilgan, yashash manziliga pochta orqali xabarnoma yuborilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar