AsosiyJamiyat

Iste`dodli jurnalist, "Xalq so`zi" muxbiri Saidjon Maxsumov vafot etdi

'Iste`dodli jurnalist, "Xalq so`zi" muxbiri Saidjon Maxsumov vafot etdi'ning rasmi

"Xalq so`zi" gazetasi jurnalisti, "Xalq so'zi online" nashri bosh muharriri Saidjon Maxsumov mudhish avtohalokatga uchrab, halok bo`ldi.

35 yoshli jurnalist Qoraqalpog`istondagi baxshichilik festivalidan qaytayotib, Nukus-Xorazm yo`lida engil avtomashinada yo`lovchi sifatida ketayotib, haolkatga uchragan.

Saidjon Maxsumov 1986 yilning 12 may kunida Toshkent viloyati Parkent tumanida tug`ilgan. O`zDJTU xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. Ko`p yillar davomida "Ma`rifat" va "Xalq so`zi" gazetalarida turli lavozimlarda ishlagan.

 "Darakchi" tahririyati jurnalistning yaqinlariga, xususan, marhumning singlisi, "darakchi.uz" sayti muxbiri Risolat Maxsumovaga chuqur ta`ziya izhor qiladi. Saidjon Maxsumovning joyi jannatdan bo`lsin, uning yaqinlariga Alloh sabr bersin!

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar