AsosiyJamiyat

Samarqanddagi bir ko`chada transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi

'Samarqanddagi bir ko`chada transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi'ning rasmi

Samarqand shahridagi Abdurahmon Jomiy ko`chasini Universitet hiyobonidan Mirzo Ulug`bek ko`chasigacha bo`lgan qismida rekonstruksiya va mukammal ta`mirlash ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan Samarqand shahar hokimi farmoyish qabul qilgani haqida xabar qilgan edik.   Ushbu ko`chaning qurilish ishlari olib boriladigan qismida ish yakunlangunga qadar transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Ayni paytda ko`chaga asfalt yotqizish ishlari olib borilyapti. Transport vositalarining harakati esa vaqtincha Mahmud Koshg`ariy ko`chasi orqali amalga oshiriladi.

Boshqa yangiliklar