Avval xabar qilganimizdek, bugun, 22 sentyabr - Xalqaro avtomobilsiz kunni joriy yilda O`zbekistonda ham nishonlash bo`yicha e`lon qilingan tashabbusni qo`llab-quvvatlash maqsadida bugun mamlakatimizda barcha rahbarlar va xodimlarning shaxsiy namuna sifatida xizmat va shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan holda ish joyiga piyoda va velosipedda kelish hamda jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish tavsiya etilgan edi.
Kuni kecha, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov davlat idoralari va mahalliy organlari rahbarlari, taniqli madaniyat va sport vakillarini shaxsiy namuna ko`rsatib, 22 sentyabr “Xalqaro avtomobilsiz kun” tadbirlarida faol ishtirok etishga chorlagan edi.
Bugun, tadbir tashabbuskori Aziz Abduhakimov qariyb 9 km.li yo`lni velosipedda bosib o`tib, ishga keldi.
Eslatib o`tamiz, sal avval Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov bugun Xalqaro avtomobilsiz kun munosabati bilan avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechib, qariyb 8,5 kilometr yo`lni piyoda yurib, ishga kelgani xabar qilingani edi.






