Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari “Namangan” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari bilan o`zaro hamkorlikda xorijiy mamlakatdan mazkur viloyatda faoliyat yurituvchi korxonalardan birining nomiga keltirilgan import tovarlarini belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazishdi.
Natijada, yuklar orasida yo`l yuk-kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilmagan, umumiy qiymati salkam 2,2 milliard so`mlik 24 nomdagi xo`jalik mollari hamda avtomobil ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.