Qozog`iston televideniesida “GM” dan avtomobil sotib olish uchun oylab kutayotganlar haqidagi mavzu yoritildi.
"Oldindan pulini to`lab qo`yib avtomobilini ola olmayotgan o`zbekistonliklar safi 30 mingdan ortdi... Shunga qaramay kompaniya Tojikistonda o`z dilerlik punktini ochgan", deyiladi xabarda.
Deputat Rasul Kusherbaev bu haqda o`z munosabatini e`lon qildi:
Mamlakat ichida hurmati deyarli qolmagan monopolistdan xalqqa foyda yo`qligi allaqachon ma`lum bo`lgan. Xatto Prezident Shavkat Mirziyoev ham bu haqida aytib o`tgan.
Shuncha zarari etmagandek ushbu "imtiyozxo`r monopolist"ning xalqaro hamjamiyat va horijda ham misqollab yig`ilgan mamlakat obro`si, imidjini tushirib, o`zbekistonliklarni boshqa xalqlar oldida kulguga qoldirayotgani alamli!
️Haqini to`lab, avtomobilini ololmayotgan iste`molchilarga avtomobil etkazib berish imkoniyati yo`q bo`lsa, ayni vaqtda horij avtomobillariga nisbatan bojlarni tushirish eng to`g`ri yo`l. Buni hukumatdagi amaldor va mutaxasssislar qo`llab-quvvatlashlari kerak.