"O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo`yicha vakili (bolalar ombudsmani) to`g`risida"gi qonuni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo`yildi.
Qonun loyihasining asosiy g`oyasi – bola huquqlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish hisoblanadi, deya xabar bermoqda Ombudsman.
Qayd etilishicha, qonun loyihasining maqsadi bola huquqlari bo`yicha vakil faoliyatining qonuniy asoslarini mustahkamlashdan iborat.
Uning predmeti – bola huquqlari bo`yicha vakil faoliyati bilan bog`liq munosabatlar hamda uning huquqiy asoslari.
Shuningdek u 7 ta bob va 44 ta moddadan iborat.
Shu o`rinda Ombudsman "Hurmatli yurdoshlar, sizlarni mazkur qonunning jamoatchilik muhokamasida faol ishtirok etishga chaqiramiz",— deya aholiga murojaat etmoqda.