28 sentyabrdan boshlanayotgan Toshkent xalqaro kinofestivaliga "Disko raqqosi" filmidagi Jimmi roli bilan tanilgan afsonaviy hind aktyori Mithun Chakraborti ham tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda Kinomotografiya agentligiga tayanib Zamon.uz nashri.
Kinofestival ochilish marosimida ishtirok etishi kutilayotgan taniqli mehmon o`z davrida "Disko raqqosi", "O`yna, o`yna" va "Qirollik ovi" kabi kinokartinalar orqali muxlislar qalbidan joy olgan.
Eslatib o`tamiz, Toshkent xalqaro kinofestivali "Kino 5 kunda", "Jahon mamlakatlari kinosi kunlari", Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali va viloyatlarda yangi kino manzillarning ochilishi kabi katta dasturni o`z ichiga olgan.
"Shuningdek, kinofestival doirasida 14 ta xorij davlatlarining kino kunlari bo`lib o`tadi. Hindistonning 24 kishidan iborat delegasiyasi ham o`zining filmlari va maxsus dasturi bilan ishtirok etadi",– deyiladi xabarda.