“Barselona” klubi va Argentina termasi hujumchisi Lionel Messi 2015 yilda daromad topish bo`yicha dunyodagi barcha futbolchilar orasida birinchi o`rinni egalladi.
Uning o`tgan yilgi daromadi 74 mln evroni tashkil qildi, deb xabar qilmoqda France Football.
Messi 2014 yilgiga nistaban 9 mln evro ko`proq pul ishladi. Ikkinchi o`rindan “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu joy olgan bo`sla (67,4 mln evro), kuchli uchlikka Messining klubdagi jamoadoshi Neymar (43,5 mln evro) yakun yasadi.
Murabbiylar orasida ayni “Chelsi” sobiq ustozi Joze Mourino 2015 yilda barchadan ko`p daromad olgan – 24 mln evro. Kuchli uchlikdan “Bavariya” ustozi Pep Gvardiola va Rossiya termasi sobiq murabbiyi Fabio Kapello joy egalladi.