Avval xabar berganimizdek, 27 sentyabr kuni Butunjahon sayyohlik kuniga bag`ishlangan tantanali oqshom bo`lib o`tdi.
Butunjahon sayyohlik kuniga bag`ishlangan tantanali kechada, shuningdek, sohadagi eng yaxshi turistik startaplari g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.
Joriy yilning 22 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi Butunjahon avtoulovsiz kun doirasida #carfreeday_uzbekistan #shaxsiynamunakursat #avtomobilsizbirkun heshteglari ostida respublika tanlovini boshlangan edi.
27 sentyabr kuni kechqurun bo`lib o`tgan tantanali tadbirda Butunjahon avtomobilsiz kun va uning heshteglarini ijtimoiy tarmoqda faol targ`ib qilish tanlovi g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.
Jumladan mana shuni faol targ`ib qilgani uchun Darakchi.uz sayti muharriri Farida Egamberdieva xam maxsus sertifikat va velosiped bilan taqdirlandi.