AsosiyJamiyat

Samarqandda "ZIL" yonib ketdi

'Samarqandda "ZIL" yonib ketdi'ning rasmi

Samarqandda "ZIL" yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

Ma`lumotga ko`ra, kuni kecha,  28 sentyabr kuni soat 15:38 da Samarqand tumani “Xishrav -1” MFYda joylashgan “Davlatbek 95” MChJ hududida  “Zil-130” rusumli yuk avtomashinasining motor qismi  yonayotganligi to`g`risida xabar kelib tushadi.

1ta yong`in o`chirish ekipaji soat 15:48 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 15:50 da qurshab olingan va soat 16:01 da to`liq bartaraf etilgan.  

"Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q",–deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hozirda yong`in sababi va etkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Boshqa yangiliklar