AsosiyJamiyat

Ishonchli vakil: “Muammolarga adolatli echim topamiz”

'Ishonchli vakil: “Muammolarga adolatli echim topamiz”'ning rasmi

Ishonchli vakillar nomzodga saylov kampaniyasini o`tkazishda  yordam beradi, saylash uchun tashviqot olib borib, saylovchilar bilan bo`ladigan uchrashuvlarda nomzodning manfaatlarini ifoda etadi.  

“Adolat” SDPdan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Bahrom Abduhalimovning Farg`ona viloyati bo`yicha ishonchli vakili Muhammadjon Valiev ham belgilangan tartibga asosan saylovchilar bilan uchrashuvlar o`tkazmoqda.

 Bu haqda  “Adolat” SDP Farg`ona viloyat Kengashi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko`ra, navbatdagi uchrashuv Quva tumanidagi 13-sonli musiqa va san`at maktabida  tashkil etilgan.

 Davlat boshqaruvining barcha sohalarida  ayniqsa, sud tizimi va huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyatida, ta`lim sohasida  korrupsiyani yo`q qilishga qaratilgan maqsad va takliflar nomzod saylovoldi dasturida alohida belgilangan. 

Hududlardagi uchrashuvlarda  ishonchli vakil mazkur jihatga e`tibor qaratgan.  Maqsad va vazifalarini lo`nda ifoda etgan.  Saylovoldi dasturida ko`zda tutilgan tashabbuslar bilan aholini tanishtirilgan.

"Qonun ustuvor bo`lgan joyda adolat barqaror bo`ladi. Qonun mustahkam bo`lgan joyda ko`nglimizda halovat, turmushimizda xotirjamlik, hayotimizda farovonlik hukm suradi, – deydi Adolat” SDPdan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Bahrom Abduhalimovning Farg`ona viloyati bo`yicha ishonchli vakili Muhammadjon Valiev. 

" Adolatsiz  jazo va jarimalarni qayta ko`rib chiqiladi.  Jarimalar, birinchi navbatda, xalqning real daromadiga mutanosib bo`lishi, shuningdek, jarimalar ularning ijtimoiy xavflilik  darajasidan kelib chiqib,  belgilanishi ta`minlanadi.  Ayrim jinoyat turlariga  ma`naviy jazo choralarini qo`llashni  ilgari suramiz",–deya ta`kidlaydi u.

Shuningdek, yig`ilishda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasizlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida to`xtalib o`tilgan.  

Boshqa yangiliklar