AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda “Lasetti” gaz balloni portlab ketdi

'Qashqadaryoda “Lasetti” gaz balloni portlab ketdi'ning rasmi

Bugun, 29 sentyabr kuni soat 08:05 da Qashqadaryo viloyati G`uzor tumani Mustaqilik ko`chasida harakatlanib ketayotgan "Lasseti" rusumli avtomobilning gaz balonida yorilishi yuzaga keldi. 

Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida haydovchi engil tan jarohat olgan va shifoxonaga yuborilgan. 

Ma`lumot uchun, avtomashinada faqat haydovchining o`zi bo`lgan.

"Hozirda hodisa sababi aniqlanmoqda. Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bajarildi. Barcha haydovchilardan o`z boshqaruvidagi transport vositasiga o`rnatilgan gaz ballonidan foydalanish texnik talablariga qa`tiy rioya etishlarini so`raymiz",–deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar