AsosiyJamiyat

O`zbekistonda havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda

'O`zbekistonda havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda'ning rasmi

30 sentyabrda O`zbekistonning shimoliy hududlariga, 1-3 oktyabrda respublikaning qolgan hududlariga Volga bo`yi orqali Rossiya Evropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda "O`zgidromet" xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1-3 oktyabrda havo harorati kechalari asta-sekin 3-8° iliqgacha, kunduz kunlari 12-17° iliqgacha, shimolda kechalari 0-5° iliqgacha, kunduz kunlari 10-15° iliqgacha pasayadi.

1-2 oktyabrda respublika bo`yicha ba`zi joylarda, 3 oktyabrda Farg`ona vodiysi viloyatlarida yomg`ir yog`adi, 2-3 oktyabrda tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin, baland tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir qorga aylanadi) bo`ladi.

"30 sentyabrda va 1-2 oktyabrda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda",–deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar