AsosiyJamiyat

Namanganda qozog`istonlik yuk mashina haydovchisi avtohalokatga uchrab vafot etdi

'Namanganda qozog`istonlik yuk mashina haydovchisi avtohalokatga uchrab vafot etdi'ning rasmi

Joriy yil 26 sentyabr` kuni soat 8:00 larda, Toshkent-O`sh yo`lining 223 km da, Qo`shminor MFY hududida, Qozog`iston Respublikasi Nursulton shahrida yashagan, Qozog`iston fuqarosi, 1987 yilda tug`ilgan fuqaro DAF rusumli yuk avtomashinani ishonch qog`ozi orqali Vodiy-Toshkent yo`nalishida boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, qarama-qarshi yo`nalishga o`tib, temir to`siqqa urilib, ag`darilib ketgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, natijada, haydovchi olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo`yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 26 sentyabr` kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar