AOKAda Sudyalar oliy kengashi a`zosi Otabek Mirzamahmudov ishtirokida brifing o`tkazildi.
Unda Sudyalar oliy kengashi to`g`risidagi qonunga kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchalar haqida ma`lumotlar berildi.
Unga ko`ra, sudyalik lavozimiga nomzodlar va sudyalarning psixologik portreti bo`yicha kasbga munosibligini baholashga ko`maklashuvchi milliy elektron dastur amaliyotga tatbiq etildi.
️ Sudyalar daxlsizligini ta`minlash va korrupsiyaning oldini olish bo`yicha sud inspeksiyasi tuzildi.
Sudyalar oliy maktabini tamomlagan tinglovchilar sudyalik lavozimiga e`lon qilingan tanlovlarda ishtirok etishi mumkin.
Sudya huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilganda, u ushlangan paytdan e`tiboran uch soatdan kechiktirmasdan Sudyalar oliy kengashiga bu haqda ushlab turish asos bo`lgan hujjatlarning ko`chirma nusxalari ilova qilingan holda xabar qilinishi shart.






