AsosiyJamiyat

Jabrlangan ayollarni oilaga qayta moslashtirish bo`yicha tavsiyanoma ishlab chiqildi

'Jabrlangan ayollarni oilaga qayta moslashtirish  bo`yicha tavsiyanoma ishlab chiqildi'ning rasmi

AOKAda "Mahalla va oila" ilmiy tadqiqot instituti mutasaddilari ishtirokida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida institutining 9 oylik faoliyati tahlili, kelgusidagi rejalar haqida ma`lumot berildi.

Ta`kidlanishicha, institut tomonida 50 ta qisqa muddatli ilmiy-amaliy loyihalar  bajarilgan.  

Shuningdek, 34 ta ilmiy-ommabop, uslubiy qo`llanma, monografiya va risolalar tayyorlandi hamda nashr qilindi.

Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish yo`nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan, jumladan, “Zo`rlik ishlatishdan jabr ko`rgan shaxslarni reabilitasiya qilish va moslashtirish hamda o`z joniga qasd qilishning oldini olish markaz”ida bo`lgan ayollar uchun “Reabilitasiyadan so`ng oilaga qayta moslashish” mavzusida amaliy tavsiyanoma ishlab chiqildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar